Maxfiylik siyosati
2026-yil 18-noyabrdan amalda
Swift Shopping (bundan keyin – «biz») – swift-shopping.uz saytidagi xaridlarni hisobga olish ilovasi. Bu yerda ilova qanday maʼlumotlarni saqlashi, nima uchun va ularni qanday oʻchirish aytilgan.
Qanday maʼlumotlarni saqlaymiz
- Google orqali kirganda: ism, email va profil surati.
- Telegram orqali kirganda: akkaunt ID raqami, ism, @username va profil surati. Telegram telefon raqamini bermaydi.
- Oʻzingiz kiritgan narsalar: xarid hisobotlari, mahsulotlar va ularning narxlari, kategoriyalar, doʻkonlar va shablonlar.
- Sozlamalar: til, mavzu va bezak rangi.
- Pro obunasi: muddati, sinov davri va toʻlangan summa. Proʼga ariza qoldirgan boʻlsangiz – koʻrsatgan kontaktingiz va tanlangan muddat.
- Kirish: Google yoki Telegram beradigan kirish kalitlari, shuningdek siz kirgan IP-manzil va brauzer.
- Hisobot qachon yaratilgani va yakunlangani haqidagi xizmat belgilari: ular orqali ilovadan qanchalik tez-tez foydalanilishini bilamiz.
Nima uchun
Akkauntingizga kirishingiz, hisobotlaringiz va ularning statistikasini istalgan qurilmada koʻrishingiz, bizga esa Proʼni yoqish va arizangizga javob berish uchun. Ilovada reklama yoʻq va maʼlumotlar unga ishlatilmaydi.
Maʼlumotlar qayerda saqlanadi
Supabase maʼlumotlar bazasida (PostgreSQL). Sayt Vercel xostingida ishlaydi. Maʼlumotlar faqat shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi.
Ilovada hisobotlaringiz, mahsulotlaringiz va boshqa yozuvlaringizni faqat siz koʻrasiz. Egasi Proʼni yoqish va savollarga javob berish uchun ism, email yoki Telegramdagi @username, arizadagi kontakt, obuna va toʻlov holatini koʻradi.
Maʼlumotlar kimga beriladi
Biz maʼlumotlaringizni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga ularning oʻz maqsadlari uchun bermaymiz. Ularni faqat ilova ularsiz ishlay olmaydigan xizmatlar oladi: Supabase maʼlumotlar bazasini, Vercel saytni saqlaydi, Google va Telegram kirishni tasdiqlaydi, kontaktingiz bilan Pro arizasi esa egasiga Telegram xabari sifatida keladi.
Cookie va qurilmadagi maʼlumotlar
Seans cookie fayllari sizni akkauntda saqlaydi. Cookie fayllarida til, bezak rangi va vaqt mintaqasi ham saqlanadi, mavzu esa brauzer xotirasida. Reklama va analitika cookie fayllari yoʻq.
Hisobot internetsiz ochilishi uchun ilova hisobotlaringiz va katalogning nusxasini shu qurilmadagi brauzer xotirasida (IndexedDB) saqlaydi. Akkauntdan chiqqanda nusxa oʻchiriladi.
Maʼlumotlarni qanday oʻchirish mumkin
Hisobotlar, mahsulotlar, kategoriyalar, doʻkonlar va shablonlarni ilovada oʻzingiz oʻchirasiz. Akkaunt bor ekan, qolgan maʼlumotlar unda saqlanadi.
Akkauntni barcha maʼlumotlari bilan oʻchirish uchun jus.juraev@gmail.com manziliga yozing va qanday kirishingizni koʻrsating: Google pochtasi yoki Telegramdagi @username. Akkaunt va undagi hamma narsani 30 kun ichida oʻchiramiz va bajarilganda javob beramiz.
Oʻzgarishlar
Siyosatning yangi tahriri shu sahifada yangi sana bilan chiqadi.
Aloqa
Savol va soʻrovlaringizni jus.juraev@gmail.com manziliga yozing.